Tillar fikrlashimizga qanday taʼsir qiladi?
22,163,087 views |
Lera Boroditsky |
TEDWomen 2017
• November 2017
Dunyoda 7000 ga yaqin til mavjud. Har birining oʻziga xos tovushlari, soʻz boyligi, gap tuzilishlari bor. Ular bizning fikrlashimizga taʼsirr koʻrsatadimi? Kognitiv bilimlar mutaxassisi Lera Boroditsky turli tillarni misol keltirar ekan, yuqoridagi savolga shubxasiz "ha" deb javob beradi. Misollarida Avstraliyadagi mahalliy aholi tomonlarni oʻzgacha aniqlashi, rus tilida "koʻk" soʻzini bir necha usullarda ifodalash mumkinligini koʻrsatib oʻtar ekan, shunday deydi: "Tillardagi xilma-xillik inson ongi qanchalik zukko va moslashuvchan ekanligini koʻrsatadi. Ongimiz bittagina kognitiv olam emas, u 7000 tasini kashf etdi".