Return to the talk Return to talk

Transcript

Select language

Translated by Nafissa Yakubova
Reviewed by Gulnoza Yakubova

0:11 Rahmat. Ikki yil avval men Arusha, Tanzaniyada TED sahnasida turgandim. Men eng faxr bilan yaratgan narsam haqida juda qisqacha gapirib o'tdim. U mening hayotimni o'zgartirgan oddiy bir uskuna edi.

0:27 Undan oldin men Malavidagi uyimdan hech uzoqda bo'lmaganman. Mening hech qachon kompyuterim bo'lmagandi. Internetni ham ko'rmagandim. O'sha kuni sahnada turib men juda hayajonda edim. Men Ingliz tilini unutib, Ko'nglim aynib turgandi. (Kulgi) Men hech qachon shuncha ko'p oq tanli odamlar orasida bo'lmagandim. (Kulgi)

1:05 Mening o'sha paytda sizga aytolmagan hikoyam bor edi. Men hozir o'zimni yaxshi his qilayapman. Va bugun sizga hikoyamni aytib bermoqchiman. Oilamda 7 farzandmiz. mendan boshqa hammasi opa singillarim. Bu rasmda mening otam va men kickhina bolaligimda. Ilm fanning hayratlari haqida bilmasimdan oldin men kambag'al dehqonlar davlatida oddiy bir dehqon edim. hamma qatori biz ham jo'xori ekardik.

1:37 Bir yili omadimiz kelmadi. 2001 yilda bizda juda yomon ocharchilik bo'ldi. besh oy ichida Malaviyaliklar ochidan o'la boshlashdi. Mening oilam har kuni bir mahal ovqat yerdi, kechqurunlari. har birimiz atigi uch qultumdan jo'xori bo'tqa yerdik. Ovqat tanamizdan o'tib, biz holsiz yotardik.

2:08 Malavida, o'rta maktabga borish uchun pul to'lashingiz kerak. Ochlik sababli men maktabni tashlashga majbur bo'ldim. Men otamga qarab, quruq dalalarga qaradim va men bunday kelajakni qabul qila olmadim.

2:27 Men o'rta maktabda juda hursand edim. Va ta'lim olish uchun nima qilish kerak bo'lsa bariga tayyor edim. Va shuning uchun men kutubxonaga bordim. men ilmiy kitoblar o'qidim, ayniqsa Fizika kitoblarini. Men Ingliz tilini uncha yaxshi o'qiy olmasdim. Va men rasmlar va diagrammalardan foydalanib ular atrofidagi so'zlarni o'rgandim.

2:54 Kitoblarning biri o'sha bilimni qo'limga tutqazdi. unga ko'ra shamol tegirmoni yerdan suv torta oladi va elektr toki ishlab chiqaradi degandi. Suv tortib chiqarish degani sug'orish mumkin bo'ladi deganidir. bu biz o'sha paytda boshdan kechirayotgan ochlikka qarshi chora edi. Va men o'zim uchun bir shamol tegirmoni qurishga qaror qildim. Lekin menda uni yasash uchun materiallar yo'q edi. Shuning uchun men bir tashlandiqlar yig'ilgan joyga borib kerakli materiallarni topdim. Ko'p odamlar, va xatto mening onam ham menga esingni yeb qo'yibsan deb aytishdi. (Kulgi)

3:33 men u yerda traktorning ventilyatori amortizator, plastik trubalar topdim. Velosiped shakli va eski velosiped dinamo- generatori yordamida men asbobimni qurdim. Boshida u bilan bir chiroq yonardi, keyin to'rtta chiroq yoqadigan bo'ldi, elektr qo'ng'irog'i modelidagidek tokninq yo'nalishini uzqartiruvchi, uzuvchi va saqlaydigan qismlari bor edi. ikkinchi bir uskuna sug'orish uchun suv tortib chiqaradi.

4:08 uyim oldida odamlar qatorlasha boshlashdi. (Kulgi) ular uyali telefonlarini zaryadlash uchun kelardi. ( Qarsaklar) Men ulardan qutula olmadim. (Kulgi) Keyin jurnalistlar ham kelishdi, keyin internetda blog yozuvchilariga yetib bordi va undan keyin TED degan bir narsadan qo'ng'iroq qilishdi. Men ilgari hech qachon samolet ko'rmagandim. Hech qachon Mehmonxonada uxlamagandim. Va o'sha kuni Arushada sahnada turganimda, Ingliz tilini yo'qotib, men shunga o'xhshash bir narsa dedim, " men harakat qildim va uni yasadim"

4:52 Men hammaga bir narsa aytmoqchiman, menga o'xshaganlarga, Afrikaliklarga kambag'al odamlarga, orzulariga yetishishga qiynalayotgan odamlarga, Xudo sizni yorlaqasin, madad bersin. Balkim bir kuni siz buni internetda ko'rarsiz. Mening aytar so'zim shuki, o'zingizga ishoning. Nima bo'lsa ham, hech qachon harakat qilishdan to'xtamang. Rahmat. (Qarsaklar)