So'nggi bir necha kunlar davomida siz eshitgan ko'pgina ma'ruzalar biror narsa ustida o'ylab ko'rgan, o'z sohasining ustasi deb bilgan odamlar tomonidan berildi. Ular sohalarining mohir ustalari, nima bo'layotganni bilishadi. Siz hammangiz men gapiradigan mavzu haqida bilasiz. Yani soddalik, odiylik nima bilasiz, murakkablik nimaligini ham bilasiz. Shunisi hayratlanarliki, men bilmayman. Shuning uchun bu haqida bilmaganimni siz bilan baham ko'raman.
Mana buni o'qing shunki biz bunga yana qaytamiz. Bu aforizmni Potter Stweart yozgan, Pornografiya haqida. Men sizga buni o'qib beray kerakli qismlarini. Pornografiyani qisqacha men hech tavsiflay olmayman, lekin uni ko'rganimda nimaligini bilaman. Men buni birozdan keyin yoritaman.
Xo'sh, oddiylik nima? Ba'zi misollar bilan boshlagan ma'qul. Kofe chashkasi, biz ular haqida uncha o'ylamaymiz, lekin ular biz o'ylagandan ham qiziqroq. Kofe chashkasi bu narsa, ha idish, uning sopi bor. Sop sizga uni ushlashga inkon beradi, masalan idishda issiq suyuqlik bo'lganda. Bu nega muhim? Xo'sh, bu orgali siz kofe icha olasiz. aytgancha, kofe issiq, suyuqlik esa toza, steril. Siz unda vabo yuqtirolmaysiz. Xullas, kofe chashkasi, sopi bilan- bu jamiyat tomonidan umumsog'liqni qo'llaydigan narsa. Qaychilar kiyimlar uchun. ko'zoynaklar narsalarni kurish inmkonini beradi va sizni sirtlonlar g'ajib tashlashidan yoki avtomobillar urib ketishidan himoya qiladi. va kitoblar, qisqasini aytsak, sizning ta'limingiz.
Lekin yan boshqa bir sodda narsalar guruhi bor va ular juda muhim. Vazifasi sodda bo'lgan lekin ishlab chiqarilishi sodda bo'lmagan narsalar. Man bu ikkita misol. Biri uyali telefon, har kuni ishlatamiz uni. lekin u murakkablikdan tashkil topgan o'ziga xos hususiyatlari bor va mening do'stim Benoit Mandelbrot aytib o'tgandan faqrli lekin juda qiziqarli. Va ikkinchisi esa, homiladorlki oldini oladigan dorilar, bu dori oddiy usul bilan jamiyatning tuzilishini tubdan o'zgartirdi yani ayollarning rolini o'zgartirdi ularga jinsiy ko'payish borasida tanlashga imkon berdi.
Menimcha, bunga ikki usul bilan yondashish mumkin. Va men bu yerda Potter Stewartning gapini biroz boshqa yo'lda qo'llayapman yani biz biror narsa haqida o'ylab, masalan qaychilardan boshlab uyali telefongacha intenet va homiladorlik oldini oluvchi dorilarni oddiy narsalar deb ataymiz ularning vazifalari oddiy va biz ularni ko'rganimizda ularning oddiyligini taniy olamiz.
Yoki boshqa usul bilan yondoshsak, yani muammoga , falsafa tomonidan qarash, va bu choynak muammosi deb ataladi. Choynak muammosi quyidagidan iborat. Tasavvur qiling choynak bor, va bu choynak issiq suv bilan to'ldirilgan. Endi siz so'raysiz: Nima uchun suv issiq? Va bu oddiy savol. Bu huddi: oddiylik nima? deganday bir javob shunday bo'lishi mumkin: chunki suv molekulalarining kinetik energiyasi yuqori va ular devorlarga tez tez uriladi. Bu fizikaviy tomondan javob berish. Ikkinchi javob quyidagicha: chunki, u olov yonib turgan gazda turgan edi. Bu tarixiy yondashuv. Uchinchisi esa, men choy uchun issiq suv hohlagan edim deydi. Bu maqsad bilan yondashuv. Va bu faylasuv tomonidan kelayotgani uchun, to'rtinchi javob: bu Xudoning borliq uchun yaratgan rejasining bir qismi. Bularning hammasi bo'lishi mumkin.
Muhimi shuki, siz bir savol berganda va birgina javob kutganingizda muammoga duch kelasiz, chunki savol aslida ko'p javoblarga ega va har hil ma'nolarni ifodalaydi, lekin bir hil so'zlar bilar Menimcha, oddiylik nima deb so'rash ham huddi shunday muammoga uchraydi. Ilm nima? va qizig'i shuki, murakkablik shuda yuqori darajada shakllangan. Bizda murakkablik nimaligi haqida juda ko'p qiziqalri ma'lumotlar bor. Oddiy, sodda esa, ba'zi sabablarga ko'ra biroz mavhum tushuncha, va deyarli o'ylab ko'rilmagan, hech bo'lmaganda, ilmiy tomondan.
Biz akademiklar- men ham akademik- olimman- biz murraklikni yaxshi ko'ramiz. siz murakkablik haqida maqolalar yozishingiz mumkin. Murakkablikning yaxhshi tomoni shuki u har tomonlama o'zaro ta'sirda bo'la oladi va siz uning natijasi uchun javobgar emassiz. Soddalik bu siz har kuni ertalab turib mevalardan sharbat tayyorlaysiz, sharbat tayorlagich asbob o'z vazifasini bajaradi- siz bilasizki bu asbob Bethoven musiqasini chalmaydi. Siz narsalarning chegarasi haqida hadeb ham o'ylab ko'rmaysiz. Xullas, biz qiziqadigan narsa bu narsalarning bizga foydasi. Va biz murakkab narsalar haqida ko'p o'ylaganda, oddiy narsalarga qaraganda ko'proq foyda ko'ramiz. Va men xohlagan narsalardan biri shuki sizga juda muhim vazifani tushuntirish, qaysiki, siz odatda uning mavjudligini bilmaysiz yani bu Fizik bilan birga o'tirib suhbat qura olishni tushunishdir. Boshqacha qilib aytganda, siz murakkab narsalarga e'tibor berasiz shunki ana shu narsalar suhbatni boshlashga yordam beradi keyin siz boshqa narsalar haqida hayolga cho'mib ketasiz.
Narsalarga kelsak, xo'sh murakkablik nima? va kelib chiqish nima? Biz aslida Murakkablikni tavsiflay olamiz bu bir tizim, huddi transportga o'xhshash o'z qismlariga ega. qismlar bir biri bilan munosabatda Huddi mashina va haydovchilar kabi. Ular energiya chiqaradi. Qarabsizki, har safar bu tizimga ega bo'lganda g'alati hodisa sodir bo'ladi, va siz Los Angelesda buni hammadan yaxhshi bilsangiz kerak. Yana boshqa misol va menimcha bu hozirda juda muhim ilmiy misol. Buni o'qiy olmassiz, o'qish uchun mo'ljallanmagan. Lekin bu kimyoviy jarayon, reaktsiyaning bir kichik qismi va bu har biringizning hujayrangizda hozir sodir bo'layapti. Huddi transportdek, va eng ajablanarlisi shuki hujayralar o'zaro juda mustahakam munosatbatdadir. Lekin nima uchun biz bilmaymiz. Kimdakim sizga biz hayotni tushuna olamiz desa unda nari keting.
keling men bu sodda yo'l bilan tushuntiray. Biz yaqinda Bill Gatesdan eshitdik. Biz hammamiz qaysidir darajada Bill Gates degan narsani o'rganamiz. Zo'r. Siz iloji boricha bu haqida hamma narsani o'rganasiz. Va yana boshqa o'rganish kerak bo'lgan narsalar bordir. Va siz ularni astoidil o'rganasiz. Bu Bono, anau u Bono. Lekin, keyin siz bu 2 narsa haqida o'rganish mumkin bo'lgan hamma narsani bilasiz va ularni birga qo'shasiz, keyin bu to'plam haqida nima deya olasiz? Javobi: uncha ko'p emas. Va mana bu murakkablikdir. Endi, tasavvur qiling shahar, jamiyat miqyosida va albatta sizda juda qiziqarli muammo paydo bo'ladi.
Keling misol keltiray oddiylikning ma'lum bir turi haqida. Keyin men sizga bir so'zni tanishtiraman, menimcha juda foydali yani bu to'plash. va to'plashni men oddiylikning bir tuirga misol qilaman yani u shunday xususiyatga egaki u juda oddiy va ishonarli va men u bilan narsalarni qura olaman. Yani men oddiylik deganni ishonarli, oldindan bilsa bo'ladigan, va takrorlash mumkin deb tushunaman. Bir misol bu internet chunki u jamlash, to'plashning juda yaxshi bir namunasi. Biz uni murakkab tizim deb ataymiz, lekin uning yana boshqa tomoni bor.
Internet Matematikadan boshlanadi. U binar (1,0), qo'shlik bilan boshlanadi. Va agar siz quyidagi narsalarga e'tibor bersangiz, biz arab raqqamlari bilan tanishmiz birdan 10 gacha va hakozo. Binar tizimida bir bu 0001 va yetti esa 0111 Savol shuki: Nima uchun Binar tizimi Arab raqamlaridan soddaroq? Javob oddiygina agar 3 barmoqni kursatda, osongina sanay olasiz lekin agar men bunday qilsam yetti ekanligina sanash biroz murakkab. Maqsad shuki raqamlarni eng sodda usul bilan ko'rsatish. Boshqa hammasi undan murakkabdir. Va siz xatolarni topishingiz mumkin. Uni o'qish ikki ma'noli emas Binar tiziming juda ko'p yaxshi tomonlari bor. Yani, uni o'qishni o'rgangach uning juda juda sodda ekanini ko'rasiz. Endi, agar siz nol va birni binar orqali ifodalamoqchi bo'lsangiz sizga asbob kerak. Va agar siz hayotiy misol bilan binar tizimini ifodalashni xohlasangiz, ularning biri bu chiroqni o'chirib yoqishdir. ular o'chadi va yonadi. mana bu Binar tizimdir.
Biz bilamizgi bu devordagi uskuna ishlamay qolishi mumkin, lekin bizning Zich Materiya Fizik do'stlarimiz 50 yilcha oldin, juda ajoyib uskuna o'ylab topishdi mana bur ko'rib turganingizdek bu transistor. Transiztor huddi devordagi o'chirib-yoqadigan narsaday u narsalarni yoqadi va o'chiradi lekin u buni qismlarni siljitmasdan qiladi va u ishlamay qolmaydi, xullas ancha uzoq vaqtga yaraydi. Soddalikning ikkinchi darajasi yani bu transistor va internetdir. Transistorlar sodda bo'lgani uchun ularning bir nechasini birga ulash mumkin. Va ularning ko'pisi birga ulaganda qo'shma zanjirsimon tarmoq kelib chiqadi. va bu har bir tok tarmog'i bunday chip- yani qismlarga ega va ular huddi milliard transistor kabidir va har biri ,har safar juda yaxhshi ishlaydi. Va bu soddalikning keyingi darajasi, va aslida, zanjirsimon tarmoqlar aslida juda sodda va umuman rosa yaxshi ishlaydi.
Ular yordamida siz uyali telefonlar yasay olasiz. Siz hammangiz uyali telefoninggizni ishlashiga o'rganib qolgansiz ko'pincha. Bostonda esa, biroz Namibiga o'xshash yani uyali telefon signaliga kelsak va biz uni har doim ishlashiga ko'nikmaganmiz lekin ba'zan bo'lib turadi. Lekin, sizda uyali telefon bo'lsa siz bu Namibiyaning biror yeridagi bu ajoyib ayolga borsangiz bo'ladi u shuning uchun juda hursdandki, uning M.I.T universitetidan elektrik injiner muhandis Master dimplomi bo'lmasa ham u baribir uyali telefoniga qandaydir xakerlik qilib uni qandaydir usul bilan quvvatini ishga tushira oladi. Bundan kelib chiqib, Internetga kelsak. Bu xarita materik bo'ylab bayt oqimini ko'rsatadi. eng yoriq va gavjum ishlatilgan joy bu AQSH va Evropa.
Va yana oddiylikka qaytamiz. Menimcha bizda eng zo'r kashfiyotlardan biri Google bor, u huddi oddiy yo'l bilan ishlaydi, ular aytishicha dunyoda hamma axborotlarga u orqali bog'lanish mumkin. Lekin shunisi muhimki bu g'aroyib fikr oddiy qatlamlardan iborat va har bir qatlam esa o'zicha sodda bo'lgan murakkablikdan yo'g'rilgan, va unga butunlay ishonsa bo'ladi.
Keling men endi 4 ta gap va 2 ta aforizmni misol qilib ma'ruzamni tugatay. Oddiy, sodda narsalarning xususiyatlaini sanaydigan bo'lsak: birinchida, ularning ishlashini oldindan aytib berish mumkin Ular oddiy kutilgan yo'l bilan ishlaydi. Endi, bu oddiy narsalar xususiyatlarining biri siz ular umuman olganda nima qilishini bilasiz. Oddiylik va kutilgan natija bu oddiy narsalarning xususiyati. Ikkinchisi, moddiy tomondan qaraganda ular arzon. Agar sizda arzon narsa bo'lsa odamlar ularni ishlatishning yo'lini topadi xatto ular juda sodda ibtidoiy tuyulsa ham. Masalan, toshlar. Toshlardan siz binolar qura olasiz, siz shunchaki ularni nima qilishni bilsangiz bas. Ularni g'ishtga aylantirsa, va keyin bir birining ustiga qo'ysa va ular og'irlikka chiday oladi.
Va demak ularning kutilgan vazifasi bo'lishi kerak va ular arzon bo'lishi kerak. Demak, ular vazifasini yaxshi bajarishi yoki narxini oqlashi kerak. Va men oxirgi qismni sizga taklif qilaman yani ular huddi qurilish materialidek ishlaydi. Yani siz ularni ustma ust qo'yib jamlay olasiz bir yoki boshqa usul bilan yoki bu siz tasavvur qilgan n o'lchamli fazodada bolishi mumkin. Lekin sizda vazifa bajara oladigan juda arzon va odamlar ular dan yangi narsalar yasash uchun ularni birlashtira oladigan yo'llari bor. Arzon, ishlaydigan, ishonarli narsalar odamlarning ijodkorligiga yo'l ochadi va keyin ular siz tasavvur qila olmaydigan narsalarni qurishadi. Birinchi transistorga qarab turib siz internetning paydo bo'lishini bashorat qilolmagan bo'lardingiz. Bu mumkin emas. Demak bular faqat qurilish qismlari.
Endi, bu misol biz o'zimiz qiladigan ishdan namuna. Biz rivojlanayotgan dunyoda tibbiy salomatlik yordamini berishga juda qiziqamiz. Va bu sohada qilayotgan ayni bir narsa bu tibbiy diagnoz qo'yish uchun hech pul ketgazmasdan diagnoz qilishdir. Buni qanday qilsa bo'ladi? Bu yerda elektr tok yo'q pul yo'q, tibbiy yetuklik yo'q. Va men bu haqida batafsil gapriib o'tirmayman lekin quyidagi o'ng burchakda siz bizdagi narsalarning namunasini ko'rasiz. bu kichkicha qog'oz chip. unda bir necha yozuvlar bor rasm kitoblarni ishlagandagi texnologiyadan foydalanib yozilgan aslida u bizni juda ruhlantirdi. va unign ustida tomdirasiz, masalan siydikni. U bu kichkina tarmoqlarga so'riladi. va buning uchun quvvat kerak emas. U ranglarni o'zgartiradi, masalan siz buyrak ahvolini bu yerda ko'ra olasiz. va dunyoning u qismida tibbiy yordam ko'rsatuvchilar asosan 18 yoshli va AK-47 miltiqli odamlar bo'lishi mumkin, qaysiki ular ishsiz va yon atrofda yurib telefoni bilan rasmga olib uni doktorga yuboradi, va doktor unga qaraydi.
Bu shunga misolki, texnologiya hamma joyda mavjud arzon narsa yasang va uni modaga kiriting va unga ishonib ishlatsa bo'ladigan bo'lsin. Agar biz shunday qila olsak, biz unga qo'shimcha vazifalar kirita olamiz, jamlay olamiz Yani, biz oddiy texnologiyani bir ikki narsa qilish uchun yasasak u insoniatning juda xilma xil ehtijoyi uchun ishlatila oladi. va uning vertikal va gorizontal bo'yicha kengaytirsa bo'ladi. mening qizishimning biri shuki muloyimgina qilib aytganda, men AQSHning so'g'liqni saqlash tizimini o'zgartirish, chunki u tubdan singan va yaroqsizdir.
2 aforizmga kelsak. Biri Mister Einshteindan. U shunday deydi: " Hamma narsa iloji boricha sodda qilib yasalishi kerak, lekin soddaroq emas" Menimcha, bu muammo haqida o'ylashning juda yaxshi yo'lidir. Agar siz biror sodda narsadan juda ko'p qismini olib tashlasangiz, u vazifasini yo'qotadi. U arzon bo'lishi kerak lekin vazifaga ham ega bo'lishi kerak. Demak siz uni haddan ziyod sodda qilolmaysiz. Ikkinchi esa dizayn, u tubdan bog'liq emas, lekin yaxhshi yondashuv
Bu esa Saint-Exupery. U shunday deydi: Siz mukammal dizaynga shunda ega bo'lasizki, qachonki, unga qo'shadigan ham olib tashlaydigan ham narsa yo'q" Menimcha bu to'g'ri yo'l. Demak, har bir odam shuni o'ylashni boshlash mumkin, yani oddiylikning mazmuni haqida bu Rancuzzi emas, u nima uchun Mondrian Vant Gofdan yaxhshiroq yoki yomonroq degan savollarga javob bermaydi, va u albatta Mozart yoki Bax yaxhshimi degan savolga ham javob bermaydi.
Lekin u muhim, yani ma'lum bir ma'noda u dunyodagi narsa ishlab chiqaradigan odamlar va ular haqida o'ylaydigan odamlarni bir biridan farqlaydi, yani, narsalarni iloji boricha qanday soddalashtirsak bo'ladi deb so'raydigan odamlarda ongli yondashuv bor. Ular qanday qilib arzon, vazifasi bor va o'zaro erkin munosabatli narsalarni ishlasak bo'ladi deb so'raydi? Agar biz texnologiyani soddalashtirsak, va sizlarga bersak siz u bilan juda zo'r narsalar qila olasiz.
Chris Anderson: qisqa bir savol. Demak siz buni tasavvur qila olasiz ilmining oddiy soddaligi shu darajaga yetish mumkinki siz har xil tizimlarga qarab masalan, iqtisodiy, qonuniy, tibbiy tizimlarga qarab ular xavfli bir darajaga yoki ma'lim sabablarga ko'ra yaroqsiz holga keldi va uni qanday soddalashtirsak bo'ladi deb ayta olasizmi?
George Whitesides: Ha, bunday qilsa bo'ladi agar siz tizimni tashkil qilgan qismlarga qarasangiz va ularning nomustahkamligini tekshirsangiz, shu asosida siz muammoning xavfli tomoni qanday yeshish mumkilnigini ko'rasiz.
CA: Siz buni boshladingizmi? Yani tibbiyot sohasida siz buni boshladingiz narx navoni tubdan o'zgartirish, lekin butun tizimga kelsakchi?
GW: Xo'sh, yo'q. Man sizga oddiy javob, yo'q.
CA: Bu juda kuchli javob. GW. Ha.
CA: Sizning diagnostika texnologiyangizga kelsak, uni qachon va qayerda ishga tushganini ko'ramiz.
GW: Yaqinda keladi. Bu narsalar ishlaydi, va biz ular xalq uchun ishlab chiqarish haqida o'ylayapmiz lekin asl texnologiya hozir ishlay oladi.
Sizning bu sohada komaniyangiz bor- Bu Tashkilot, Moddiy foyda uchun emas.
You can share this video by copying this HTML to your clipboard and pasting into your blog or web page. This video will play with subtitles.
You either have JavaScript turned off or have an old version of the Adobe Flash Player. To view this rating widget you
need to get the latest Flash player.
If your browser allows only "trusted sites" to execute Javascript, you should add the "googleapis.com" domain to your whitelist to allow our Flash detection to work properly.
Got an idea, question, or debate inspired by this talk? Start a TED Conversation.
Soddalik va osonlik: Biz buni ko'rganda taniy olamiz- lekin bu aslida nima? Bu maroqli va falsafali ma'ruzada George Whitesides bunga javob qidiradi.
In his legendary career in chemistry, George Whitesides has been a pioneer in microfabrication and nanoscale self-assembly. Now, he's fabbing a diagnostic lab on a chip. Full bio ยป
Translated into Uzbek by Nafissa Yakubova
Comments? Please email the translators above.
15:59 Posted: Sep 2007
Views 639,012 | Comments 74
21:26 Posted: Jun 2006
Views 670,805 | Comments 106
19:58 Posted: Apr 2010
Views 833,893 | Comments 261
Just follow the guidelines outlined under our Creative Commons license.
This comment will be attributed to . Not ? Sign Out.