Men yozuvchiman. Kitob yozish mening kasbim, lekin albatta faqat bugina emas. Bu yana mening butun umri bo'yi sevib va ajablanib qiladigan ishimdir. va men bu hech qachon o'zgaradi deb o'ylamayman. Lekin, yaqinda juda o'zgacha narsa sodir bo'ldi mening hayotimda va kasbimda, va bu mening ishimga bo'lgan munosabatimni qayta ko'rib chiqishga undadi Bu o'zgacha hodisa men yaqinda bir kitob yozdim, memuar asar "Eat, Pray, Love" ( Yeng, seving, va ibodat qiling) degan bu kitob mening oldingi kitoblarimga o'xshamay buun dunyoga tarqalib ketdi, nima uchundir ulkan olamshumul, xalqaro eng yaxshi sotilgan kitobga aylandi. Buning natijasida qayerga borsam ham odamlar meni bechoraga qaraganday qaraydi. Haqiqatdan ham- bechoraga qaragandek qayaraydi! Yani, ular menga kelib xavotirlanib aytishadi, "Siz endi yozgan kitoblaringing bu kitobingizdan ko'ra mashhur bo'lolmaydi deb qo'rqmaysizmi? Butun umr davomida yozishdan qo'rmaysizmi? va hech qachon yana bunday asar yozolmaslikdan va hech kim uni o'qimasligidan qo'rqmaysizmi?"
Ko'rib turganingizdek ana shunaqa. lekin bundan ham yomon bo'lish mumkin edi, biroq esimda borki 20 yilcha avval, o'spririn paytimda men odamlarga yozuvchi bo'laman deb aytishni boshladim. o'sha paytda ham menga shunday xavotir bilan e'tibor berishgandi. va odamlar so'rashardi: "Sen hech qachon muvaffaqiyatga erisholmaslikdan qo'rmaysanmi? seni yerga urishsa va qabul qilishmasa, bu seni nobud qilmaydimi? Butun umr bir asar ustida ishalab hech natijaga hech narsaga erisholmaslikdan qo'rqmaysanmi? va sen armonlaring bilan o'lib ketishdan qo'rqmaysanmi va faqat bilgan mazang faqat yengilish mazasi bo'lsachi?" (Kulgi) ana shunaqa.
Savolalrning hammasiga qisqacha javobim- "ha". Ha, men bu narsalardan qo'rqaman. Har doim ham qo'rqanman. Va bulardan tashqari men yana ko'p narsalardan qo'rqaman. bularni odamlar hayoliga ham keltirmaydi. Masalan suvo'ti va boshqa qo'rqinchli narsalardan qo'rqaman. Lekin, yozishga kelganda Men yaqin oradan beri buning sababini o'ylab kelayapman. Bu aqlga sig'adigan narsami o'zi? Mantiqan, hammadan shuni kutishadimi- yani Yer yuzida qilish kerak bo'lgan ishdan qo'rqishini kutadimi? Bilasizmi, ijodkorlar ruhiy sog'lomligi haqida biz qayg'uramiz. lekin buni boshqa ish va sohalarda uncha uchratmaysiz, bilasizmi? Masalan, otam, Kimyogar- Muhandis. Va 40 yillik kimyoviy muhandislik davomida bir marta ham kimdir undan Kimyogar muhandis bo'lishdan qo'rqmaysanmi deb so'raganini bilmayman. shu muhandis- kimyogarlik Johnni bo'gayapti deyishmaydi bunday deyishmaydi, bilasizmi? lekin ochig'ini aytganda, kimyoviy muhandislarni hammasini olganda ular asrlar davomida alkogolik, yoki ruhan tushkunllikka tushgan deb tanilmagan. (Kulgi)
Biz yozuvchilar esa shunday deb tanilganmiz, nafaqat yozuvchilar, balki har hil sohadagi ijodkor odamlar, bularnign hammasiz ruhiy va hissiy muvozanatsiz deb tanilgan. Bunga amin bo'lish uchun bu qorong'i o'limlar soniga qarang 20- asrning o'zidagina, juda ham ijodkor odamlar juda yosh, va ko'pincha o'z qo'llarida vafot etadilar, bilasizmi? Agar ular o'zlariga suiqasd qilmasalar-da, o'z iste'dodlaridan yemirilib borayotganday tuyuladi. Norman Mailer, eng oxirgi suhbatida shundya deydi: "Mening har bir kitobim meni birma-bir nobud qilib bordi" Butun umr qilgan ishingizga bunday qarash oddiy narsa emas. Lekin kimdir shundya desa biz parvo ham qilmaymiz chunki biz buni anchadan beri eshtib kelamiz va biz hammamiz qandaydir qilib buni o'zlashtiganmiz va qabul qilganmiz ijodkorlik va dard chekish huddi tug'ma bo'lib bog'langandek va bu ijodkorlik, oxirida, qayg'urishga olib keladi.
Va men bugun sizdan shuni so'rayman siz bu fikrga qo'shilasizmi? shu haqiqat sizga qulaymi- chunki siz qanchalik bunga yaqin yondashmang- men bu firk bilan umuman qulaylik bilan qarab turolmayman. Bu juda ham qorong'i narsa. Va bu juda xavflidir. Va men bunig kelasi asrda ham davom etishini xohlamayman. Agar biz ijodkorlarimizni yashashga chorlasak yaxshi bo'lardi.
Men shunga aminmanki, mening holatimda- bu qorong'ilikka cho'kib ketish juda xavfli bo'lgan bo'lardi ayniqsa ijodkorlik bu hozir mening kasbim va ishim. yani, ko'rib turganingizdek men hali yoshman, atigi 40 yoshdaman. Balkim menga yana 40 yil ishlahsga to'g'ri kelar. Va hozirdan boshlab nimaiki yozsam dunyo bo'ylab meni ishimni eng oxirgi muvaffaqiyatli asarimga solishtirishadi, shundaymasmi? Shu ochiq aytishim kerakki menimcha, eng ulkan muvaffaqiyatim ortda qoldi. O, Xudo, bu qanday fikr! Bunday firklar odamni ertalabdan djin ichimligni ishishga chorlaydi. va men bu yo'lga kirishni xohlamayman. (Kulgi) men o'zim sevgan ishni qilishda davom etgim bor.
va shunday savol tug'iladi, qanday qilib? menimncha, ko'p o'ylashlar natijasida yozishni davom ettirish uchun, men hozirdan o'zimga ruhiy yo'nalish yaratishim kerak, to'g'rimi? Shunday xavfsiz masofa topishim kerak yani, men va men yozgan narsalar orasida, va mening qayg'urishim o'rtasida mening o'z asarlarimga munosabatim o'rtasida. O'tgan yildan beri namuna bo'ladigan qolip va yo'nalishlar izlab kelaman tarixga nazar tashlasak ayniysa boshqa jamiyatlarda balki yaxshrioq va aqqliroq qarash va usullar bordir yani ijodkorlarga yordam berish, ularning hissiyotli kechinmalarining xavfli tomonidan saqlaydigan yo'llar bordir balki.
bu narsalarni qidirib men qadimiy Gretsiya va Rimga yo'liqdim. e'tibor bering, bu shunchaki takrorlanadigan narsa emas. lekin qadimiy Gretsiyaliklar va Rimliklar ijod odamdan keladi deb hisoblamaganlar. Odamlar ijodkorlik bu ilohiy bir joyan biz bilmagan joydan odamlarga keladi deb hisoblagan va biz bilmagan sabablarga ko'ra keladi degan. Greklar bu ilohiy narsani " daemons" deb atashgan Suqrot esa, hammaga mashhur, uning 'daemon' i borligiga ishongan kimki, unga uzoqdan turib aqlli fikrlarni aytib turgan. Rimliklar ham bu fikrga qo'shilgan. Lekin ular nu narsani tanasiz ijodkor ruh- genius (ko'pni biluvchi daho) deb ataganlar Bu juda zo'r, chunki u paytda Rimliklar aqlli odamni geniy ( daho) deb atamaganlar. Ular geniy bu sehrli va ilohiy bir narsa deb ishongan, qaysiki devorlarning ichida yashaydigan masalan ijodkorning uyida devorlardan kelib chiqib san'atkorga ko'zga ko'rinmasdan yordam beradigan va ijod natijasiga ta'sir qiladigan narsalar deb tushunishgan.
Man bu men aytayotgan ijod natijasini ijodkordan ajratadigan narsa - sizni ishingiz natijasidan asraydigan ruhiy chegara. Va bu qanday ishlashini hamma bilgan va qadimgi zamon ijodkorlari ba'zi bir xavslardan uzoq bo'lgan masalan, ortiqcha manmanlikdan yani ajoyib san'at natijalari faqat ulardangina kelib chiqmagan hamma shunga ishonganki, ko'zga ko'rinmas- geniy, daho, unga yordam bergan deb. Agar ishingiz yaxshi natija bermasa, bu butunlay sizniy aybingiz emas. Hamma sizning ilhom paringiz uncha yaxhshi emasligi bilgan. G'arbda ijodkorlik haqida odamlar uzoq payt shundya fikrga ega bo'lgan.
Uyg'onish davriga kelib esa hamma narsa o'zgardi, va bizdan ulkan g'oya paydo bo'ldi, yani, har bir inson go'yo butun olamlarning markazida turganday barcha sehrlar va Xudodan ham yuqorida, va hech qanday sehrli va ilohiy narsalarnign tepadan turib nima qilishni aytib turishiga ishonmaydigan bo'ldik. Va bu ongli insoniyatning boshlanishi deb ishondik, va odamlar ijodkorlik har bir insonning o'zidangina keladi deb ishona boshladik Va tarixda birinchi marta, siz odamlarning geniy,iste'dod sohiblari deb atalishini eshitasiz yani, "ilhom parisi bor" deganning o'rniga.
Menimcha bu juda katta xato bo'lgan. Bu go'yo, kichkina bir insonga huddi borliqning manbaiday qarash, yani ilohiylik, ijodkorlik, bilinmagan va abadiy sirlar manbai degan javobgarlikni bir nimjon odam ruhiga ortib qo'yishdir. Bu go'yo odamdan quyoshni yutib yubor deb so'ragandek Bu o'zlikning qiyofasini buzish, uni o'zgartirishdir, va aynan shu, bizdan bajarib bo'lmas ishlar qilishimizni kutadi. Va menimcha bu bosim beradi odamga va shu tufayli ijod ahli 500 yil davomida bundan nobud bo'lib kelgan.
Agar bu to'g'ri bo'lsa, men to'g'ri deb o'ylayman, shundya savol tug'iladi " Endi nima bo'ladi? Biz boshqa yo'l topa olamizmi? Balkim biz qadimiy tushunchaga qaytishimiz kerakdir? yani inson va uning sirli ijodkorligi orasidagi munosabatga. Balkim bunga hojat yo'qdir. Balki , biz inson tarixidagi 500 yilni o'chirib tashlashimiz kerakdir mana shu 18 daqiqia ma'ruza ichida. Va hozir tomoshabinlar orasida ilm-fan bilan har hil parilar va ertaklarning yo'qligini isbotlashga urinadiganlar ham bordir. Men sizlarni bunga ishontirish niyatim yo'q.
Lekin mening savolim shuki- nima uchun ular bo'lmasligi kerak? agar shunday o'ylasak nima bo'ladi? Shunki bu men eshitgan barcha narsalarnign ichida eng mazmunlisi ayniqsa, ijodkorlikning ta'siridagi ruhiyatning injiqliklarining tabiatini tushunishga yordam beradi. Bu jaroyon, yani bir narsa qilishga harkata qilib ko'rganlar- yani bu yerdagi hammangiz- shuni biladiki- har doim ham hamma aytgandek ish tutish kerak emas. Va aslida, ba'zida odatdagidan boshqacha his qilasiz.
Yaqinda men Amerikalik ajoyib shoira Ruth Stoneni uchratidim, hozir u 90 yoshlarda, lekin u butun umr davomida shoira bo'lib kelgan va u menga Virginia chekkasida o'sganligi haqida gapirib berdi, dalada ishlayotgan paytida u biror sherni his qilar yoki eshitganday bo'larkan yani ovoz go'yo dalalardan kelayotgandek Va u huddi havo momaqaldirog'iday zamin uzra unga kelarkan va u buni his qilar, chunki go'yo yer oyog;i ostida titragandek bo'larkan Bu paytda u faqat bir narsa qilishi kerak edi, uning o'z gapiga ko'ra " uchib borib" uyga kirib she'rni qog'ozga yoza boshlarkan bi parcha qog'oz va qalamni tezda topish juda muhim bo'lgan chunki agar tez yozib olmasa, she'r huddi momaqaldiroqdek bir pasda o'tib ketib qolishi mumkin Ba'zida u yozishga ulgurolmay qolganda yugurib uyga kelib, she'rni yozolmay yo'qotgan paytlarda she'r uni tashlab zamin uzra o'z yo''lida davom etar va u o'zi aytganidey" she'r boshqa shoirni izlab" ketarkan Va ba'zi paytlarda buni hech unutmayman men- unga ko'ra, ba'zida she'rni deyarli tutolmay qolganda uyga yugurib, qog'oz topib unga kelib, ketib borayotgan she'rni qalam olib, u she'rni ikkinchi qo'li bilan ushlab qolarkan huddi she'rni dumidan ushlab olgandek va dumidan orqaga qarab tortarkan yani ketib borayotgan she'rni o'ziga qayatrib olarkan va qog'ozga tushurar ekan va she'r to'liq yozilar ekan, lekin oxirgi so'zdan boshlanib birnich so'z bilan tugarkan. ( Kulgi)
Men buni eshitganimdan hayratlandim shunki ilhom jaroyoni menda ham huddi shundya kechadi. ( Kulgi)
mening ijod jaroyonim shunaqa- oson emas men eshakdek ishlashim kerak har kuni bir paytda uyg'onib terlab pishib, bir ammalab ishlayman Va xatto men, tirishqoqligim bilan, ko'p marta ana huddi shundya narsaga ucharaganman. Buni ko'pchilgingiz ham boshdan kechirgansiz deb o'ylayman. Men qilgan ishim va o'ylarim biror bir men bilmagan manbadan keladi. u nima? va biz aqldan ozmay turib bunga qanday qaray olamiz? Aslida, balki bu sizni aqlimizni saqlab turgan narsadir.
Men uchun eng zo'r misol bu musiqachi Tom Waits men uni bir necha yil avval jurnal uchun suhbat o'tkazgandim bu haqida gaplashdik, , bilasizmi Tom ilhomini tanasidan ajratishga harakat qilgan zamonaviy san'atkorladan biri , u hamma narsasi o'zi boshqarishga harakat qilar yani ich ichimizga singib ketgan ilhom to'lqinlarini ham boshqarishga harakat qilardi.
Lekin katta bo'lgan sari u osoyishtalik topa boshladi bir kuni Los Anjeles shariga mashina haydab ketayotganda u butunlay o'zgardi haydab ketayotganda u birdaniga bir parcha musiqa ohangini eshitadi go'yo va har doimgiday ilhom uning hayoliga a'zob berib keladi. va u buni yozib olishni xohlayd juda go'zal ohang, lekin u uni bu ahvolda yozolmaydi na qog'oz na qalami bor yoki ovoz yozadgina narsasi yo'q
va unda ilgarigiday a'zoblanishni boshlaydi " Buni men endi yo'qotaman" degan vahima bilan va bu qo'shiq uni butun umri ketidan quvib yuradigandek Bu menign qo'limdan kelmaydi." Va vahima qilishdan birdaniga to'xtaydi butun ruhiy kechinmani to'xtibdi va butunlay bir yangi yechimga kelibdi osmonga qarab shundya debdi, "Kechirasiz, ko'rmayapsizmi men mashina haydayapman?" ( Kulgi) "Men hozir yoza oladi deb o'ylayapsizmi?" "Agar chindan ham ohang bo'lishni xohlasan, qulayroq patda kel shunda yoz olaman. Aks holda, bor bugun boshqa odamni bezovta qil Bor Leonard Cohenga bor"
Va shu paytdan keyin uning ishlash jarayoni butunlay o'zgardi yani aynan ishi emas, u har doimimgiday qo'rong'i lekin jaraon o'zgargan, vahima qilish to'xtagan o'zini iste'dod sohibi emas, iste'dod odamdan bo'lak degan uni vahimaga solgan ilhom parini, qayerdan kelgan bo'lsa shu tomonga jo'natishni o'rgangan va shuni anglaganki, ilhomni ishda saqlab a'zoblanish shart emas Buni bir o'zgacha hamkorlik deb qarasa bo'ladi Tom va g'aroyib bir boshqa narsa bilan va u narsa faqat Tom emas.
Men bu hikoyani eshitgach biroz o'zgardim men ham ishinga shundya yondosha boshladim, va bu meni bir marta qutqardi. Bu fikr meni " Ovqatlaning, ibodat qiling, va Seving" degan kitobimdi yozayotganda qutqardi men vahimaga tusha boshlagandim butun yozishim natijasi behuda bo'lsachi deb, va bu eng yomon asar bo'ladi hech narsaga arzmaydi degan o'y kelgan. Nafaqat yomon, balki eng yomon yozilgan kitob deb. Va men bu ishni to'xtatishim kerak dbe o'yladim Lekin, Tomning gaplari esimga tushdi va men ham ochiq havoga gapirib ko'rdim. Qo'lyozmamdan boshim ko'tarib xonamning bo'sh burchagiga qarab baland ovozda shundya dedim" Sen o'sha narsa, meni tingla, ikkalamiz shuni bilamizki bu kitob zo'r emas va buning hammasi menign aybim emas, to'g'rimi? chunki ko'rib turganingdek men borimni berayapman bu kitobga menda undan ortig'i yo'q. Agar kitob yaxshiroq bo'lsin desang, sen o'z vazifangi bajar. Mayli, agar bajarmasang ham. Nima bo'lsa bo'lar. Men baribir yozaverman chunki bu mening ishim. Va shuni blib qo'yginki men bugun ishimni bajargani keldim" ( Kulgi)
Chunki- ( Qarsaklar) oxirida, shunday bo'ladi. Mayli- asrlar avval, shimoliy Amerikaning cho'llarida oydinda odamlar muborak raqs tushgani musiqa bilan yig'ilishgan va bu sahargacha soatlab davom etgan. Va bu har doim juda zo'r bo'lgan chuki kasbi raqs bo'lganlar raqs tushgan va ular qoyil qilib raqs tushgan. lekin onda sonda nimadir bo'lib ba'zi raqqoslar o'zgacha bir ajoyib tarzda raqs tusha boshlagan siz buni bilasiz chunki, hayot paytingizda bir marta bo'lsa ham bunday harakatni ko'rgansiz. Go'yo vaqt to'xtab qolgandek, va raqqosa huddi o'zga dunyoga kirib qolgandek lekin, u 1000 kecha avval qilgan narsasidan o'zgacha bo'lmasa ham hamma narsa huddi bir tekis terilgandek bo'ladi. va bidaniga uning inson ekanligini unutish mumkin u go'yo pastdan, ichidan tepadan ilohiy o't bilan ko'tarilgandek tuyuladi.
va o'sha zamonlarda bunda bo'lganda odamlar buni o'z nomlari bilan atashgan. Ular qo'llarini ko'kka ko'tarib zikr qila boshlashgan, " Allah, Allah, Allah, Xudo, Xudo Xudo>" deb Bu Xudo, bilasizmi. qizin bir tarixiy qo'shimcha- Murlar Ispaniyaga bostirib kirganda, ular o'zlari bilan shundya urf odatni olgan va talaffuz yillar davomida " Allah, Allah, Allah" dan " Ole. Ole, Ole" ga o'zgargan. Siz buni hozir ham buqa urishtirshlarda yoki Flamenko raqslarida eshitasiz. Ispaniyada, san'atkor bajarib bo'lmas bir sehrli ish qilsa " Allah, ole, ole, Allah. Ajoyib. Barakalla" deyishgan yani ong bilan qamrab bo'lmas, Xudoning aksi. Bu zo'r. Chunki bizga shu kerak.
Lekin ertasiga ertalab vaziyat o'zgaradi raqqosa uyg'onganida masalan Seshanba kuni soat 11, va unda xudonign aksi endi yo'q u ham oddiy noabad inson, og'rigan tizzasi bilan va balkim u endi hech qachon shu darajada raqs tusholmas. balkim hech kim endi u aylanganda Xudonign ismini aytib zikr tushmas va shunda u qolgan hayoti bilan nima qilishi kerak? Bu qiyin masala. Bu eng qiyin yuzma yuz bo'ladigan holat ayniqsa ijod ahli uchun. balkim bunchalik dard chekish kerakmasdir agar masalan, avvalo ijodkorlik manbai va uning g'aroyibotlari sizdan kelmasligini tan olsangiz. Balki bu sizga vaqtincha berilgan narsa , qarz deb tushunsangiz siz bilmagan manbadan vaqtincha sizga keladi deb ishonsangiz va siz ijod qilib bo'lgach u boshqalarga boradigandir. Bundan o'ylash hamam narsani o'zgartiradi.
Men shundya o'ylay boshladim bir necha oy davomida, va yaqinda nashr qilinadigan kitob ustida ishlayapman, va yaqinda muvaffaqiyatli ishimdan oshib tushishini kutish juda xavfli.
O'zimga o'zim vahimaga tushgan paytlarda qo'rma deyman. Vahima qilma. Shunchaki ishingi qil. O'z qo'lingdan kelgancha davom etaver. Agar ishing raqs tushish bo'lsa, raqs tush. Agar ilohiy qudrat senga shu vazifani bergan bo'lsa va bir daqiqaga bo'lsa ham o'z ajoyibotni aks sening ishingda aks ettirishga qaror qilsa, unda " Ole!" agar bo'lmasa, mayli o'zingcha raqs tushaver. Va nima bo'lsa ham sizga "Ole!" Va menimcha biz bu fikrni o'rgatishimiz kerak "Ole!", nima bo'lsa ham. inson muhabbati va injiqligi uchun va harakat uchun
You can share this video by copying this HTML to your clipboard and pasting into your blog or web page. This video will play with subtitles.
You either have JavaScript turned off or have an old version of the Adobe Flash Player. To view this rating widget you
need to get the latest Flash player.
If your browser allows only "trusted sites" to execute Javascript, you should add the "googleapis.com" domain to your whitelist to allow our Flash detection to work properly.
Got an idea, question, or debate inspired by this talk? Start a TED Conversation.
Elizabeth Gilbertni ilhomi san'atkor va allomalardan talab qilinadigan qilib bo'lmas narsalardadir- va u o'zgacha bir firkrga ega, bir odamning iste'dodli alloma bo'lishidan ko'ra u odamda iste'dod bor deydi. Bu qiziqarli, shaxsiy va kutilmagan chuqur ma'ruza.
The author of 'Eat, Pray, Love,' Elizabeth Gilbert has thought long and hard about some large topics. Her latest fascination: genius, and how we ruin it. Full bio ยป
Translated into Uzbek by Nafissa Yakubova
Comments? Please email the translators above.
22:52 Posted: Apr 2008
Views 969,180 | Comments 117
19:24 Posted: Jun 2006
Views 16,572,162 | Comments 3006
09:26 Posted: Jun 2011
Views 871,394 | Comments 2392
Just follow the guidelines outlined under our Creative Commons license.
This comment will be attributed to . Not ? Sign Out.